Biz o’z ilmiy tadqiqotlarimiz bilan Yevropa farmasevtika kompaniyasimiz. Biz-ning dori vositalarimiz samarali davolanishga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Biz tibbiyot ilimining so’nggi yutuqlarini o’rganamiz va farmasevtika bozoriga eng yuqori sifatli,raqobatdosh, zamonaviy, samarali va arzon dori vositalarni ilgari surish maqsadida kompaniya strategiyasiga kiritamiz.
Avvalo, biz gastroenterologiya va gepatologiyaga ixtisoslashganmiz. Ammo bizning faoliyatimiz doirasi keng va kardiologiya, nevrologiya, markaziy asab tizimi va boshqa sohalarni qamrab oladi.
O’ttizdan ortiq mamlakatlarda taqdim etilgan PRO.MED.CS kompaniyasi mahsulotlari har kuni dunyo bo’ylab ikki milliondan ortiq bemorlarni davolash uchun ishlatiladi.
Qo’shimcha qiymatga mahsulotlarimiz assortimenti birinchi navbatda me‘da-ichak trakti va gepatobiliar tizim kasalliklarga chalingan bemorlarning ehtiyojlarini qonirishga mo’ljallangan bo’lsa-da, kardiologiya, psixiatriya, urologiya va boshqa kasalliklar sohasidagi bemorlarni davolash uchun ham mahsulotlar ishlab chiqaramiz.
Biz bemorlarga innovasion va arzon dori vositalarini taklif qilish uchun yangi davolash usullari va foydalanish ko’rsatkichlarini doimiy ravishda kuzatib borishga intilamiz.
MahsulotlarBizda o’z ilmiy-tadqiqot markazlarimiz, shuningdek, distribyutorlarning keng tarmog’i mavjud. Birgalikdagi ishimiz tufayli biz butun dunyodagi bemorlarga samarali davolash usullarini taklif etamiz. Biz innovasion faol moddalar va davolash usullarini izlashda tadqiqot guruhlari va mustaqil laboratoriyalarga uzoq muddatli yordam ko’rsatamiz, shuningdek, so’nggi natijalarni butun dunyo olimlari bilan baham ko’ramiz.
Bizning ixtiyorimizda (kompaniya asosida) o’z ilmiy - tadqiqot va amaliy – taraqqiyot markazlarimiz, shuningdek, distrib'yutorlarning keng tarqatish tarmog’i mavjud. Birgalikdagi sa'y-harakatlarimiz tufayli biz butun dunyodagi bemorlarga terapevtik (dorivor) preparatlarni taklif qilamiz.
Biz yangi dorivor mahsulotlarni sotishga ruxsatnomalarini berish jarayonini, shuningdek, yangi bozorlarda mavjud dori vositalarini sotish ruxsatnomalarni uzaytirish jarayonini amalga oshiramiz.
Biz dozalash shakllarini ishlab chiqish, o’z reseptlarimiz va moddalarimizni tayyorlashga ixtisoslashganmiz, ular keyinchalik tayyor mahsulotlar (dori vositalar) ishlab chiqarishda qo’llaniladi, shuningdek tadqiqotlar olib boramiz va butun dunyo bo’ylab dori vositalarini sotish uchun lisenziyalar beramiz.
Bizning benuqson logistikamiz barcha mijozlarimiz va biznes hamorlarimizni qondirish uchun eng qat'iy GMP va GDP standartlariga rioya qilgan holda yuqori darajadagi saqlash va tarqatish operatsiyalarini kafolatlaydi.
Dori vositalarimiz maksimal mahsuldorlik va yeng yuqori sifat darajasida ishlab chiqarilishiga ishonch hosil qilamiz.
Dunyo bo’ylab bemorlar dori-darmonlarni kerakli joyda va o’z vaqtida olishlari uchun biz tarqatish zanjirimizdagi barcha bo'g'inlar uzluksiz ishlashini ta'minlaymiz.
Bizning yillik ishlab chiqarish quvvatimiz tabletka, plyonka bilan qoplangan tabletkalar, kapsulalar, flakonlar va shamlar kabi bir milliarddan oshadi. Bizning barcha operatsiyalarimiz va amaliyotlarimiz GMP (yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti), GLP (yaxshi laboratoriya amaliyoti) va GDP (yaxshi tarqatish amaliyoti) standartlariga mos keladi.
Kompaniyaning rivojlanish strategiyasi
Kompaniya 1989-yil 1-fevralda tashkil topgan va keyingi yili o’zining birinchi dori preparatini ishlab chiqardi. Tegishli ishlab chiqarish amaliyotining xalqaro sertifikatning qo’lga kiritilishi kompaniyaning tashqi bozorlarda jadal o’sishiga olib keldi.
Kompaniya butun dunyo bo’ylab o’sib va o’z faoliyatini kengaytirgan bo’lsada, biz har doimgidek mijozlarimizni birinchi o’ringa qo’yadigan yuqori sifatli ishlab chiqarish va jarayonlarga sodiqmiz. Yaxshi oilada bo’lgani kabi, biz ham xodimlarimizning kelajagi, farovonligi, qoniqishi va sog’lig’i haqida qayg’uramiz.