Dr. Bares Award – gastroenterologiya va gepatologiya sohasidagi eng nufuzli xalqaro mukofotlardan biri bo‘lib, u ilg‘or ilmiy tadqiqotlar va klinik amaliyot uchun taqdim etiladi. 11 ta mamlakatdan kelib tushgan 70 ta ilmiy ishdan 33 tasi xalqaro bosqichga o‘tdi. 29 000 yevro miqdoridagi pul mukofotini o‘zaro bo‘lishib oladigan g‘oliblar 2026-yil mart oyining boshida olti nafar hakamdan iborat ekspert komissiyasi tomonidan aniqlanadi.
PRO.MED.CS Praha a.s. farmatsevtika kompaniyasi 2025-yilda 17-marotaba tashkil etilayotgan Dr. Bares Award Publication tanlovi o‘tkazilishini e’lon qildi. Tanlovning maqsadi – klinik amaliyotdagi tibbiy va ilmiy bilimlarni qo‘llab-quvvatlashdir. Dr. Bares Award ko‘p yillik an’anaga ega bo‘lib, 1993-yildan beri, qoida tariqasida, har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.
17-chi tanlovga 11 ta mamlakatdan 70 ta ilmiy ish qabul qilindi. Tegishli mamlakatlarning taniqli olimlari va shifokorlari bo‘lgan mustaqil ekspertlarning baholash natijalariga ko‘ra, Ozarbayjon, Belarus, Chexiya Respublikasi, Gruziya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Litva, Polsha, Slovakiya, Ukraina va O‘zbekistondan 33 ta eng yaxshi ish xalqaro bosqichga o‘tdi. Maqolalar ro‘yxatini Dr. Bares Award tanlovi saytida topish mumkin.
2026-yil 7-mart kuni gastroenterologiya va gepatologiya sohasidagi olti nafar mustaqil yetakchi ekspertdan iborat "Dr. Bares Award" xalqaro komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. So‘ngra, 2026-yil 8-mart kuni umumiy summasi 29 000 yevro bo‘lgan pul mukofotini o‘zaro bo‘lishib oladigan 17-chi yillik Dr. Bares Award mukofotining uch nafar g‘olibi e’lon qilinadi.
Tanlov natijalari Dr. Bares Award’ning rasmiy sahifasida e’lon qilinadi.